Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nishonov Padxiddin Payziboyevich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri v.v.b etib tayinlandi.
Mehnat faoliyati:
1986-1987 yillarda – Toshkent davlat chet tillar instituti (hozirgi OʻzDJTU) talabasi
1987-1989 yillarda – Xarbiy xizmat
1989-1993 yillarda — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
1993-1994 yillarda — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti roman filologiyasi fakulteti “Leksika va stilistika” kafedrasi oʻqituvchisi
1994-1995 yillarda — Tunis Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasida tarjimon
1996-2009 yillarda — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Nemis va roman tillari tarjima” kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi
2002-2003 yillarda — Fransiyaning Parij 11 universiteti magistri
2009-2012 yillarda — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti fransuz filologiyasi fakulteti dekanining oʻquv ishlari boʻyicha muovini
2012-2013 yillarda — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti fransuz filologiyasi fakulteti dekani
2013-2020 yillarda Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti
2020-2023 yillarda — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
2020 y. h.v — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri.