TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALAR — YOSHLAR NIGOHIDA

TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALAR — YOSHLAR NIGOHIDA

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar kuni” doirasida tasdiqlangan reja-grafik asosida Xalqaro jurnalistika, Tarjimonlik, Ingliz tili 1-fakulteti va Ingliz tili 2-fakulteti talabalari uchun zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli yechimlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga ChatGPT, Gemini kabi sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, ular yordamida tahliliy ma’lumotlar va taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, robototexnika va muhandislik yo‘nalishlari, “Sun’iy intellekt va kelajak kasblari”, kiberxavfsizlik, raqamli gigiyena hamda axborotni saralash — fakt-cheking bo‘yicha fikr va mulohazalar almashildi.

Tadbir davomida yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kelajak kasblari haqida tushunchalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube