2023-yil 1-iyunda Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan e’lon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida O‘zbekiston Respublikasining 47 ta oliy ta’lim muassasalari qayd etildi.
Mazkur ro‘yxatda ilk bor O‘zbekiston davlat jahon universiteti, umumiy hisobda, 1001+ natijani qayd etdi va BRM bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga erishdi:
BRM 4 – “Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash” maqsadi bo‘yicha 1001+ o‘rinni egalladi:
BRM 5 – “Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” maqsad bo‘yicha 300+ o‘rinni egalladi:
BRM 6 – “Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash” bo‘yicha 400+ ko‘rsatkichlariga erishdi.
Bu universitet jamoasining hamjihatlikdagi mehnati natijasidir!