“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi tashkil etildi
6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari, fakultet dekanlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari tashabbusi bilan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. U o‘z nutqida talaba-qizlarni sog‘lom va faol hayot tarzi sari undovchi bunday tashabbuslarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, musobaqa ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur musobaqa xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, ularni buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti, Vatanga sadoqat, ezgulik, halollik, fidoyilik, tadbirkorlik singari qadriyatlar asosida tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy hayotda yanada faol bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqada universitetning 9 ta fakultetidan talaba-qizlar jamoalari 4 shart bo‘yicha bellashdi. Jamoalar quyidagicha nomlandi:
-Ingliz tili 1-fakulteti – “Turon zamin qizlari”
-Ingliz tili 2-fakulteti – “Jasorat elchilari”
-Ingliz tili 3-fakulteti – “To‘maris izdoshlari”
-Ingliz filologiyasi fakulteti – “Zulfikor”
-Roman-german filologiyasi fakulteti – “To‘maris avlodlari”
-Rus filologiyasi fakulteti – “Qalqon”
-Tarjimonlik fakulteti – “To‘maris nafasi”
-Sharq filologiyasi fakulteti – “Sharq malikalari”
-Xalqaro jurnalistika fakulteti – “To‘marisqizlari”