Toshkentdagi Xalqaro nordik universiteti rahbariyati Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida Toshkentdagi Xalqaro nordik universiteti rektori Sherzod Mustafaqulov, Finlyandiyaning Oʻzbekistondagi faxriy konsuli Alisher Joʻrayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Odil Quysinovlar hamda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov,  Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nasirov,  Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yoʻldashev oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda Xalqaro nordik universitetidan mutaxassisni jalb qilgan holda OʻzDJTUda fin tilini ochish, Finlyandiya universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, OʻzDJTU professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, Finlyandiya OTMlari talabalari uchun oʻzbek va rus tillari boʻyicha yozgi maktablar tashkil qilish, ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik qilish masallari muhokama qilindi.  

Tashrif soʻngida Hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube