Universitet Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Joʻrayeva, fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari M.Аripova, F.Аshurova, X.Nishanova А.Mardiyevalar va Аxborot-resurs markazi xodimlari ishtirokida Oila va xotin-qizlar muassisligidagi chop etiladigan “Saodat” jurnalini targʻib etish boʻyicha tadbir oʻtkazildi. Fakultetlarda universitet xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yuksaltirishga, huquqiy savodxonligini oshirishga, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik shuningdek xotin-qizlarga oid davlat siyosatini targʻib qilishga xizmat qiladigan mazkur jurnalga ixtiyoriy ravishda obuna boʻlish tavsiya etildi.