Joriy yilning 25-iyun kuni Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Emmanuel Dyufur xonim va janob Alen Payen (Emmanuelle Dufour, Alain Payen) bilan hamkorlik doirasida fransuz tilini o'qitish sifatini oshirish, metodik yordam ko'rsatish, tajriba almashish maqsadida uchrashuv o’tkazildi.
Bu uchrashuvda yangi o’quv yili rejalari muhokama qilindi, kafedra va ASIE o'rtasida o'rnatilgan hamkorlik doirasida tashrif buyurgan Janob Alen Payen va Emmanuel Dyufur xonimlar Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova bilan 2024-2025 o'quv yilida kafedrada talabalar til ko'nikmalarini rivojlantirish uchun kafedraga o’qituvchi sifatida jalb qilinib o'quv mashg'ulotlarini olib borish haqida kelishib olindi.