Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning bugungi ijodiy yutuqlari, fakultetda ular uchun yaratilayotgan sharoitlar, talabalar studiyasi haqida gapirib o’tdi.
“Toshkent viloyati” teleradiokanali jamoasi va kanal direktori, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori G’ulomjon Samadov tomonidan telekanal faoliyati va kelajakdagi rejalar haqida so’z ochilib fakultetning ko’plab talabalari uchrashuvning o’zida telekanal tomonidan ishga qabul qilindi.
Uchrashuvda, hamkorlik memarandumi imzolanib talabalarni ish va amaliyot o’tash borasida “Toshkent viloyati” telekanaliga jalb etish yuzasidan qator tashabbuslar o’rtaga tashlandi.