Xabaringiz bor 6-may kuni universitetimizda talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi bo‘lib o‘tgan edi.
Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P. Achilova boshchiligidagi “To‘maris avlodlari” jamoasi musobaqalarda faol ishtirok etib, “Eng faol jamoa” nominatsiyasi bilan taqdirlanishgan.
16-may kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov tashabbusi bilan fakultet jamoasi tomonidan musobaqa ishtirokchilari alohida rag‘batlantirildi va ular bilan ochiq suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida sportning hayotdagi o‘rni, ayollar salomatligi va ijtimoiy faolligi haqida fikrlar almashildi.
Bu kabi tadbirlar talaba-qizlarimizning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va jismoniy hamda ma’naviy yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi!