Xalqaro ilmiy anjuman: Adabiyot va badiiy ijodni oʻqitishda talabalarga yoʻnaltirilgan yondashuv
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1 fakulteti hamda Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasi, shuningdek, “Adabiyotshunoslik” ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan “Adabiyot va badiiy ijodni oʻqitishda talabalarga yoʻnaltirilgan yondashuvni joriy etish” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi.
Mazkur anjumanda Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston kabi davlatlar qatori boshqa xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan nufuzli professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi. Ilmiy uchrashuvda adabiyotni oʻqitish metodikasi, talabaning ijodiy fikrlash salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar xususida qiziqarli maʼruzalar tinglandi va tajriba almashildi.