Xalqaro jurnalistika fakulteti yangi mavsumga tayyor!

Xalqaro jurnalistika fakulteti yangi mavsumga tayyor!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti 2026–2027-o‘quv yilini qarshi olish arafasida o‘ziga xos yangi muhit bilan talabalarni kutmoqda.

Fakultetda o‘quv auditoriyalari va umumiy foydalanish joylari tartibga keltirilib, ta’lim jarayoni uchun zarur sharoitlar yanada yaxshilandi. Yangilangan muhit talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishi, ijodiy fikrlashi va zamonaviy media ko‘nikmalarini rivojlantirishiga xizmat qiladi.

Yangi o‘quv yilida bo‘lajak jurnalistlarni yangi mavzular, dolzarb loyihalar, ijodiy izlanishlar va katta imkoniyatlar kutmoqda.

Xalqaro jurnalistika fakulteti — axborot, ijod va yangi g‘oyalar sari!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube