Xalqaro jurnalistika fakultetida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar ishtirok etdi.

 

Yig‘ilish davomida jurnalistika sohasidagi dolzarb masalalar, ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, ilmiy maqolalar va monografiyalarni nashr etish, talabalar ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Tadbirda fakultet dekani A.Matyakubov so‘zga chiqib, jurnalistika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, innovatsion yondashuvlar va kasbiy mahoratni oshirishning ahamiyati haqida gapirdi. Shuningdek, ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish va xalqaro tajribani o‘rganish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube