Xalqaro jurnalistika fakultetida Sumalak sayli tashkil etildi

6-mart  sanasidan joy olgan bayram-tadbirlarini O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektor Suyun Abdullayev, fakultet dekani Amrullo Karimovlar ochib berdi. Shuningdek, Sumalak va osh pishirish jarayonlarida talabalar bilan birgalikda ishtirok etdi. 


 Kun davomida, “Balli qizlar” ko’rik-tanlovining fakultet bosqichi tashkil etilib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan talabalar Faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, osh pishirish musobaqasining ham yakuniy natijalari e’lon qilinib, faxrli o’rin sohiblari faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. 1-o’rinni qo’lga kiritgan 3-bosqich Madaniyatlararo kommunikatsiya yo’nalishi talabalari Fakultet tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 Xalqaro jurnalistika fakultetida sumalak pishirish jarayonlari hali ham davom etmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube