2024-yil 15-17-aprel kunlari OʻzDJTUda “Learner-Centered English in the Digital Age” mavzusidagi “English Access” dasturining yillik xalqaro konferensiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugun mazkur konferensiya birinchi ish kunini boshladi. 

Oʻrta Osiyo boʻyicha Oliy taʼlim muassasalarida joylashgan “English Access” dasturining ishtirokchilari, yaʼni OTMlarning ingliz tili oʻqituvchilari (jami Oʻzbekistonda 55 nafar, Qozogʻistonda 10 nafar, Qirgʻizistonda 6 nafar, Tojikistonda 6 nafar) oʻrtasida davra suhbati, taqdimotlar oʻtkazish orqali tajriba almashinish konferensiyaning bosh maqsadi etib belgilandi.

Undan tashqari, konferensiyada oʻqitish amaliyotini yaxshilash, koʻproq oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan muhit yaratish, mazmunli taqdimotlar va interfaol dars yaratish usullar taqdim etildi. 

Eslatib oʻtamiz, O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti tomonidan tashkil etilgan mazkur konferensiya doirasidagi mashgʻulotlar va tajriba almashinish 17-aprelga qadar davom etadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube