Xalqaro ta'lim kuni munosabati bilan o'tkazilgan videoroliklar tanlovida.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro reytinglar boʻlimi tomonidan o'tkazilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovining g'oliblari aniqlandi.

Xalqaro ta'lim kuni munosabati bilan o'tkazilgan videoroliklar tanlovida: 

1-o'rin – Roman-german filologiyasi,
2-o'rin – Sharq filologiyasi fakulteti,
3-o'rin–  Ingliz filologiyasi fakultetlari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov tomonidan g'oliblikni qo'lga kiritgan fakultet dekanlariga esdalik sovg'alari topshirildi.

Ushbu tanlov sifatli ta'limni rivojlantirish,ijodiy yondashuvlarni qo'llab-quvvatlash va ta'lim sohasidagi muhim mavzularni olib chiqish maqsadida tashkil etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube