2025-yil 4-dekabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari kafedrasi professori Axmedova Layloxon Tolibjonovna hamda dotsent Normuratova Valentina Ivanovna Navoi shahrida Navoi davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan “Globallashuv jarayonida zamonaviy tilshunoslikning fan, ta’lim va amaliyot bilan integratsiyasi: yangi yondashuvlar, imkoniyatlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdilar.

Anjumanning yalpi majlisida professor Axmedova Layloxon Tolibjonovna “Tillarni o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari va ularni qo‘llash amaliyoti” mavzusida, dotsent Normuratova Valentina Ivanovna esa “Chet tillarini o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanishning qiyinchiliklari va imkoniyatlari” mavzusida o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Mazkur ishtirok fakultetimiz professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi faol pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube