XNU UniRank reytingida xususiy oliygohlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reyting tizimi – UniRank O‘zbekiston universitetlarining 2025-yil yakunlari bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Davlat oliy ta’lim muassasalari orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, xususiylar orasida esa Xalqaro Nordik universiteti birinchi bo‘ldi.
Reytingga jami 80 ta ta’lim muassasasi kiritilgan. Kuchli beshlikda, shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham bor.