Yana bir ilmiy seminar muhokamasi o‘tkazildi
Mazkur seminarda Qodirova Gavhar Alisher qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “Ta’lim motivatsiyasi ustuvorligida bo‘lajak muhandislarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Tadqiqotda muallif bo‘lajak muhandislar uchun ingliz tilini o‘qitishda o‘quv motivatsiyasini oshirishga xizmat qiluvchi samarali uslublar, pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlarni amaliy jihatdan asoslab bergan. Dissertatsiya dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati bilan ilmiy seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Muhokama yakunida ilmiy kengash a’zolar tomonidan dissertantga savollar berilib, tadqiqotga oid fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.