Yangi talabalar turar joyi qurilishi nazoratda

 

17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Zakovat ko‘chasidagi 7-uy manzilida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyi qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

 

Tashrif chog‘ida rektor qurilish ishlarining borishi, sifati va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini ko‘zdan kechirdi. Qurilish jarayoni, rejalashtirilgan infratuzilma va talabalarga yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan mas’ullarga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

Mazkur yotoqxona zamonaviy talablar asosida qurilmoqda va talabalar uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube