O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi tayinlov amalga oshirildi.

Xalillayev Adilbek Kurambayevich 2025-yil 10-fevraldan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Registrator ofisi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov yangi tayinlovni tabriklab, Adilbek Kurambayevichni professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan tanishtirdi.

Rektor o‘z chiqishida yangi rahbarga katta mas’uliyat yuklanishini, shuningdek, kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ishonch bildirdi. Bu tayinlov universitet jamoasi tomonidan iliq kutib olindi.
Amliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy