O‘zDJTUda BMI va MD mavzulari bazasini raqamlashtirish platformasi taqdim etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi.
Kengash raisi M. Chutpulatov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va magistrlik dissertatsiyalarining (MD) mavzular bazasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan platforma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur platformaning imkoniyatlari va afzalliklari haqida O‘zDJTU Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i S. A. Tuychiyev kengash a’zolariga – bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovinlariga batafsil tushuntirish berdi.
Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy