OʻzDJTUda bitiruvchi talabalar bandligini taʼminlash, ularga kelajakda oʻz sohasi boʻyicha ish oʻrinlarini topishga koʻmaklashish maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etilib kelinadi. 29-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi universitet talabalari uchun boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasini taqdim etdi. Yarmarkada ishtirok etgan Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi suhbatlashdi. Dastur davomida talabalar mutaxassislar suhbatidan o’tdi, shuningdek, sohada ishlashni xohlagan talabalarning savollariga javoblar berildi.

2024-03-30 06-26

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi