Joriy yilning 26 iyun kuni Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Xakimova, 27 iyun kuni Yapon tili filologiyasi kafedrasi mudiri N.Mirvahidovna, hamda 28 iyun kuni Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Ji.Mun.Gun tomonidan yil yakuni bo'yicha kafedra hisobot majlisi bo'lib o'tdi. Yigʻilish davomida kafedrani yutuq va kamchiliklar aytib o'tildi.
Shuningdek, kelgusi o'quv yiliga qanday tayyorgarlik ko'rish haqida fikrlar bildirildi.
Shu bilan birga Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar hamda xalqaro, maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari shuningdek, kafedrada faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning o'quv yili so'ngida tayyorlangan hisobotlari qabul qilib olindi.