"Yoshlar, ekologiya va qonunchilik" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Ochiq muloqot Ingliz filologiyasi, Sharq filologiyasi va Roman-german filologiyasi fakultetlari hamkorligida tashkil qilindi.
Tadbirda O'zbеkiston Ekologik partiyasi Markaziy Kеngashi Ijroiya Qo'mitasi bo'lim boshlig'i va Olmazor tuman Kеngashi raisi Shaxnoza Umarxodjaеva, Yunusobod tuman raisi Shoxista Abdukadirova, Ingliz filologiyasi fakulteti dekan muovini N.Yaxyayeva, tyutorlar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Dastur davomida mutaxassislar tomonidan ekologiya sohasida so'ngi yillarda qilingan o'zgarishlar, qonunchilik doirasida kiritilgan yangi qaror va farmonlar to'g'risida ma'lumot berildi.