Boshlang'ich ta'limda ingliz tili kafedrasi
Kafedra tarixi: “Boshlang’ich ta’limda ingliz tili” kafedrasi o‘z faoliyatini 2021-yilning 6-sentabridan Ingliz tili 2- fakulteti negizida boshlagan. Hozirda ushbu kafedrada 17 nafar asosiy shtatda professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shundan 1 nafari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent v.b., 1 nafari pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 3 nafari katta o’qituvchi va 12 nafari o’qituvchi lavozimida ish olib bormoqda.
Kafedra mudiri: Muxtorov Muhiddin Mansurovich. Faoliyatini 2023-yil 22-sentabrdan boshlagan.
Qabul vaqti: dushanba-juma 14.00 dan 16.00 gacha
Tel raqam: 94 692 23 25
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat yo‘nalishi
- Og‘zaki nutq amaliyoti
- O‘qish va yozish amaliyoti
- Amaliy fonetika
- Amaliy grammatika
- Asosiy o‘rganilayotgan chet tili
- Mamlakatshunoslik
- Ingliz tili amaliy kursi
- Ingliz tili nazariy aspektlari
- Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tilini o’qitish metodikasi
- Bolalarning o’zlashtirish darajasini baholash metodikasi
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Qiyosiy tipologiya
- Stilistika va matn tahlili
- Sotsiolingvistika
- Madaniyatlararo muloqot
Kafedraning asosiy maqsadi Taʼlim to‘g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalarini taʼminlash doirasida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos еtuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalarda belgilangan maʼruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
- talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertasiyalariga mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimini baholash tizimi asosida adolatli baholash;
- talabalarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;
- kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;
- darslik, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o’quv-qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
- nodavlat taʼlim muassasalari buyurtmalari bo’yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
- kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
- tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
- taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integrasiyalashuvini taʼminlash;
- kafedra professor-o‘qituvchilarining o’quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, “Ustoz-shogird” ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
tajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari:
-Scopus bazasiga kiritilgan maqolalar soni-4;
-Xalqaro maqolalar-41;
-Xalqaro konferensiyalardagi maqolalar-3;
-OAK maqolalar-16.