Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi
Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 2021-yil 29-avgustdagi qaroriga muvofiq Xalqaro jurnalistika fakulteti negizida tashkil qilingan.
Kafedra mudiri: filologiya fanlari doktori, professor Teshabayeva Dilfuza Muminovna.
2024-2025 oʻquv yilida Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasida asosiy shtatda 15 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda.
Kafedra oʻqituvchilari tomonidan Xalqaro jurnalistika fakulteti 60230400 - Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti (ingliz tili) va 60320200 - Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yoʻnalishlari 1, 2, 3, 4 – bosqich talabalari; 60320100 - Jurnalistika (xalqaro jurnalistika) yoʻnalishi 1, 2 va 3-bosqich talabalari; Siyosatshunoslik 3-bosqich; 60310200 - Xalqaro munosabatlar, 60310400 - Sotsiologiya va 60230100 - Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili) yo’nalishlari 1-bosqich talabalari uchun oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda.
Xususan, kafedrada о‘qitilayotgan fanlar:
Bakalavriat yо‘nalishi:
- Madaniyatlararo kommunikatsiya aspektida tarjima amaliyoti
- Sotsiolingvistika
- Tili o’rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti
- Ogʻzaki nutq amaliyoti
- Oʻqish va yozish amaliyoti
- Media tili va uslubi
- Notiqlik san’ati
- Notiqlik mahorati
- Tahrir mahorati
- Media tili va uslubi
- Chet tili (sohaga yoʻnaltirilgan chet tili)
- Logistika tili
- Tarjima nazariyasi
- Badiiy tarjima
- Xorijiy til
Kafedradagi professor – oʻqituvchilar soni:
Asosiy shtatda – 15 nafar
Ichki oʻrindoshlar - 4 nafar
Tashqi oʻrindoshlar – 4 nafar
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
№ |
F.I.SH. |
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni |
Lavozimi |
|
Asosiy shtat |
||
|
Teshabayeva Dilfuza Muminovna |
F.f.d., professor |
Kafedra mudiri |
|
Israil Muqaddas Irgashevna |
F.f.n., professor |
Professor |
|
Saidqodirova Dilfuza Saidqodirovna |
DSc |
Dotsent |
|
Tolibova Gulnoz Rustamovna |
|
Katta о‘qituvchi |
|
Xazratova Kunduz Mamaraimovna |
|
Katta о‘qituvchi |
|
Xazratova Zuxra Mamaraimovna |
|
Katta о‘qituvchi |
|
Madaminova Umida Rustam qizi |
|
Katta о‘qituvchi |
|
Qahorov Maqsud Usmon o`g`li |
|
О‘qituvchi |
|
Xо‘janova Mastura Ibodulayevna |
|
О‘qituvchi |
|
Parpiyeva Shaxnoza Muratovna |
|
О‘qituvchi |
|
Abduvaitov Alimardon Shoymardon o’g’li |
|
О‘qituvchi-stajyor |
|
Abdumajitov Xurshid Alisher o'g'li
|
|
О‘qituvchi-stajyor |
|
Sultonov Temurbek Uyg’un o’g’li |
|
О‘qituvchi-stajyor |
|
Yaxshibaeva Muazzamxon Shavkat qizi
|
|
О‘qituvchi-stajyor |
|
Shonazarova Maftuna Suxrob qizi
|
|
О‘qituvchi-stajyor |
Ichki oʻrindoshlar |
|||
|
Turayeva Feruza Tuxtamurodovna |
|
Katta o’qituvchi |
|
Nasirova Nargiza Axmatovna |
F.f.n. |
Dotsent |
|
Shermatov Eldorjon Yovmiddinovich |
|
Katta о‘qituvchi |
|
Yoqubov Humoyiddin Jovli o'g'li |
|
О‘qituvchi-stajyor |
Tashqi oʻrindoshlar |
|||
|
Artiqova Maxfuza Ravshanovna |
PhD |
Katta o‘qituvchi |
|
Tavaldiyeva Gulbahor Nishanovna |
F.f.n. |
Dotsent |
|
Abdullayeva Ro’zanna Mirzatullayevna |
F.f.d. |
Dotsent |
|
Shohalilova Sarvinoz Xakim qizi |
|
О‘qituvchi-stajyor |
Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasida asosiy shtatda 2 nafar fan doktori va 1 nafar fan nomzodi; o’rindoshlik asosida 1 nafar fan doktori va 4 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda va bugungi kunda kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 35% ni tashkil etmoqda.
Ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida medialingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika, lingvodidaktika, metodika, sotsiolingvistika, korpus lingvistikasi, madaniyatlararo aloqalar etib belgilangan. Kafedra qoshida “Medialingvistika”, “Ingliz tili” va “Ispan tili va madaniyati” markazlari tashkil qilingan.
Kafedrada ilmiy salohiyatini oshirish va professor-o’qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini himoya qilishlariga alohida e’tibor berilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari xalqaro yuqori impakt faktorli jurnallarda, O’zbekiston Respublikasi OAK ro’yhatiga kiritilgan jurnallarda shuningdek, xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan konferensiyalarda o’z ilmiy maqolalari va tezislari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Bundan tashqari, kafedra faoliyati davomida bir necha bora xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarni yuqori saviyada o’tkazishga muvaffaq bo’ldi.
Jumladan:
- 2022-yilning 26-may kuni “Madaniyatlararo kommunikatsiya aspektida lingvistika va lingvodidiaktikaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;
- 2022-yilning 29-aprel kuni “Medialingvistika rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
- 2023-yilning 21-noyabr kuni “Medialingvistika, lingvodidaktika va madaniyatlararo kommunikatsiya: nazariya va amaliyot” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;
- 2023-yilning 14-noyabr kuni “Media. Til va madaniyat. Tarjima” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi;
- 2024-yilning 24-aprel kuni “Mediakommunikatsiya: til siyosati va madaniyat” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi;
- 2024-yilning 29-may kuni “Mediamakonda til, tahrir va tarjima muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
muvaffaqiyatli o’tkazildi va elektron to’plamlar tayyorlandi.
Xorijiy muassasalar bilan hamkorlik ishlari doirasida Polshaning Katovitse shahrida joylashgan Silesiya universiteti, shuningdek, Malayziyaning Tanjong Malim shahrida joylashgan Sultan Idris universitetlari bilan memorandumlar imzolangan. Hamkorlik asosida kafedra o’qituvchilarining xorijda malaka oshirish, qisqa muddatli treninglarda qatnashish, o’zaro akademik almashinuv ishlari yo’lga qo’yilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’z bilim va malakali bilan bo’lishish, zamon talablariga mos keladigan yangi manbaalarni yaratish maqsadida yangi adabiyotlar tuzish ishlari yo’lga qo’yilgan. Kafedra a’zolari bugunga qadar 20 dan ortiq darslik, o’quv qo’llanma, o’quv uslubiy qo’llanma va monografiyalarga egalik qilib kelmoqdalar.
D.M.Teshabayeva - Ommaviy axborot vositalarida nutq madaniyati. Monografiya. Toshkent: Fan va texnologiya, 2011.
D.M.Teshabayeva, G.Boqieva, B.Qoraeva va b. - Узбекский язык для стран СНГ. Darslik. Moskva.: IPK MGLU «Rema», 2012.
D.M.Teshabayeva va M.Kamalova - Nutq madaniyati. Darslik. Toshkent: Iqtisodiyot universiteti, 2018.
D.M.Teshabayeva va G.Bakiyeva - Mediamakonda matn. Monografiya. Toshkent: Turon iqbol, 2019.
D.M.Teshabayeva va G.Bakiyeva. Ommaviy axborot vositalari tili. O’quv qo’llanma. Toshkent: “O‘zkitob” savdo nashriyot, 2019.
D.M.Teshabayeva, G.Bakieva, M.Isroil, L.Toshmuxamedova, M.Nuritdinova. Medialingvistika va tahrir. Toshkent: O‘zbekiston davlat ommaviy kommunikatsiya agentligi, 2019.
D.M.Teshabayeva, G.Bakiyeva, E.Shermatov. Foreign language (English for journalism) Students book. O’quv qo’llanma. Toshkent: “O‘zkitob” savdo nashriyot, 2020.
D.M.Teshabayeva, G.Bakiyeva, E.Shermatov. Foreign language (English for journalism) Teachers book. O’quv qo’llanma. Toshkent: “O‘zkitob” savdo nashriyot, 2020.
D.M.Teshabayeva, M.Nuritdinova. Multimedia jurnalistikasi va konvergent tahririyat. O’quv qo’llanma. Toshkent: “Turon ikbol” savdo nashriyoti, 2022.
D.M.Teshabayeva, E.Shermatov, N.O‘ktamova. Foreign language (English for journalism). 2-kurslar uchun. O’quv qo’llanma. Toshkent: “Samo nashr” savdo nashriyoti, 2023.
M.I.Israil - Bosma media tilining sotsiolingvistik aspekti. Monografiya. – Т.: Ilm nuri print, 2024. – 161 b.
M.I.Israil va S. X.Shamaqsudova - OAVda yozma matn. Nutq va munozara. O‘quv qo‘llanma. – Т.: Tafakkur avlodi, 2020. – 192 b.
M.I.Israil, Teshaboyeva D. M., Bakiyeva G. X., Toshmuhamedova L. I., Nuritdinova M. Ch. - Medialingvistika va tahrir. O‘quv qo‘llanma. III tom. // Jurnalistika. 10 tomlik. – T.: O‘zbekiston, 2019. – 550 b.
M.I.Israil va L. I.Tashmuxamedova - Notiqlik san’ati. O‘quv qo‘llanma. – Т.: Noshir, 2019. – 152 b.
M.I.Israil va S. X.Shomaksudova. OAVda yozma matn. Nutq va munozara. O‘quv qo‘llanma. – Т.: Iqtisod-Moliya, 2018. – 180 b.
D.S. Saidqodirova - ICT in translation Information communicational technologies in translation. O‘quv qo‘llanma. - T.: “Support Science”, 2024.
D.S. Saidqodirova - Media literacy and news culture. Media Literacy and Information Culture. Oʻquv qoʻllanma. - T.: “Support Science”, 2024.
D.S.Saidqodirova - Terminlar nominasiyasi: lingvokognitiv yondashuv. Monografiya – Toshkent, 2024. – 180 b.
D.S.Saidqodirova - Terminologiyada nominatsiya hodisasi. Monografiya. - Toshkent, 2023. – 152 b.