MALAKAVIY IMTIHONLAR

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish tartiblari belgilangan.

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik hamda chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili) dan malakaviy imtihonlarni topshiradi.

Malakaviy imtihonlar yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hamda OAK tomonidan ma’qullangan dasturlar asosida, qo‘shimcha malakaviy imtihonlar esa, tegishli magistratura mutaxassisligi o‘quv dasturlari asosida topshiriladi.

Komissiya ilmiy darajaga ega bo‘lgan besh — yetti nafar a’zodan, jumladan tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega fan nomzodi bo‘lgan raisdan iborat.

Chet tili bo‘yicha komissiya tegishli mutaxassislar orasidan besh — yetti nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilgan.

Malakaviy imtihonlarni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida o‘tkaziladi.

Imtihon topshiruvchilar ro‘yxati muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va unda malakaviy imtihon o‘tkazish joyi va vaqti ko‘rsatilinadi.

Boshqa tashkilotlar imtihon topshiruvchilar ro‘yxatiga nomzod kiritish uchun malakaviy imtihonlar o‘tkaziladigan muassasaga nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasini ilova qilgan holda malakaviy imtihonlarni qabul qilishning navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladigan oydan oldingi oyning 20-sanasigacha yozma ravishda murojaat qiladi. Murojaatda nomzodning mavzusi OAKda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va nomzod bilan bog‘lanishning aloqa vositalari (telefon raqami, elektron pochta manzili va hokazo) haqidagi ma’lumotlar aniq va to‘liq aks ettirilishi lozim.

Izlanuvchining bilim darajasi 100 ballik tizimda quyidagicha baholanadi:

86 balldan 100 ballgacha — a’lo;

71 balldan 86 ballgacha — yaxshi;

55 balldan 71 ballgacha — qoniqarli;

0 balldan 55 ballgacha — qoniqarsiz.

Malakaviy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan izlanuvchilarga o‘n kun ichida guvohnoma beriladi. Guvohnoma komissiya raisi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.

Mazkur guvohnoma besh yil muddatga amal qiladi.

 

 

User Image
Malakaviy imtihon dasturi
User Image
Malakaviy imtihon dasturi
User Image
Malakaviy imtihon dasturi
User Image
Malakaviy imtihon dasturi
User Image
Malakaviy imtihon dasturi
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube