O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi (O‘MTB)

Bo'lim universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish, rivojlantirish va takomillashtirishga mas’ul bo‘lgan muhim bo‘limlardan biri hisoblanadi va ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim jarayoniga doir Prezident farmonlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, farmoyishlari va boshqa yuqori organlarning ko‘rsatmalarini bajarish;
  • o‘quv jarayoniga taalluqli bo‘lgan universitet rektori buyruqlari, Kengash va O‘quv-uslubiy Kengash qarorlarining ijro etilishini nazorat qilish;
  • o‘quv jarayoniniga oid bo‘lgan me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish va ularni amalga oshirish;
  • xorijiy ilg‘or oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish
  • ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning malaka talablari, o‘quv rejalari, ishchi o’quv rejalarini ishlab chiqish, takomillashtirib borish va tasdiqlash;
  • har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari va sillabuslar ishlab chiqilishini nazorat qilish va ekspertizadan o‘tkazish;
  • Kafedralar o‘quv yuklamalarining to‘g‘ri hisoblanganligini nazorat qilish, professor-o‘qituvchilarga taqsimoti, shaxsiy ish rejalari va professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganish;
  • professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalarining ishlab chiqilishini nazorat qilish;
  • o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarning o‘quv-adabiyotlarni yaratish rejasini ishlab chiqish;
  • o‘quv rejaga kiritilgan yangi fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarni tayyorlash jarayonlarini nazorat qilish;
  • o‘quv jarayonining uslubiy hujjatlar va adabiyotlar bilan ta’minlanganlik monitoringini olib borish va ushbu uslubiy hujjatlar va adabiyotlarning yaratilishini tashkil etish;
  • professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish, O‘quv-uslubiy kengash muhokamasiga qo‘yish, nashr ruxsatnomalarini rasmiylashtirish va mualliflarga yetkazish;
  • o‘quv mashg‘ulotlariga zamonaviy AT va pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishini takomillashtirish;
  • kafedralar ish rejalari va professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalarini bajarilishini o‘rganish;
  • Kafedralar, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarida o‘quv yuklamalarining bajarilishi bo‘yicha hisobotlarini ko‘rib chiqish, qabul qilish va universitetning yillik umumiy hisobotini tayyorlashda qatnashish
  • universitet bo‘yicha yillik o‘quv yuklamalari umumiy hajmini aniqlash va kafedra mudirlari tomonidan tayyorlangan kafedralar o‘quv yuklamalari taqsimotini ko‘rib chiqish.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube