2026/2027 o‘quv yilida universitetda qabul amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi
| Shifr | Ta’lim yo‘nalishlari nomi | 1-fan | 2-fan |
|---|---|---|---|
| 60110800 | Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti) | Rus tili va adabiyoti | Tarix |
| 60110900 | Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) | Ingliz tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) | Ingliz tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) | Nemis tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) | Fransuz tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (ispan tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (turk tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) | Rus tili va adabiyoti | Chet tili |
| 60230200 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) | Ingliz tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230200 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230200 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230200 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230200 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230200 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti (turk tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230200 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ispan tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60230200 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti (xitoy tili) | Chet tili | Ona tili va adabiyoti |
| 60310100 | Siyosatshunoslik | Tarix | Chet tili |
| 60310400 | Sotsiologiya | Matematika | Ona tili va adabiyoti |
| 60310200 | Xalqaro munosabatlar | Tarix | Chet tili |
| 60320100 | Jurnalistika | Kasbiy (ijodiy imtihon) | Chet tili |
| 60320200 | Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar | Kasbiy (ijodiy imtihon) | Chet tili |
| 60230400 | Kompyuter lingvistikasi | Ona tili va adabiyoti | Matematika |
| 60411100 | Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar | Matematika | Chet tili |
| 60410800 | Menejment | Matematika |
Chet tili |
Fanlar va maksimal ballar taqsimoti
Abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonida umumiy 189 ball to‘plashlari mumkin.
1. Mutaxassislik fanlari
Abituriyentlar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab 2 ta fan bo‘yicha test topshiradilar:
- 1-fan: 30 ta savol × 3,1 ball = 93 ball
- 2-fan: 30 ta savol × 2,1 ball = 63 ball
Jami: 60 ta savol = 156 ball
2. Majburiy fanlar
Majburiy fanlar barcha abituriyentlar uchun bir xil bo‘lib, quyidagi 3 ta fanni o‘z ichiga oladi:
- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol
- Matematika – 10 ta savol
- O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol
Jami: 30 ta savol × 1,1 ball = 33 ball
Umumiy natija:
- Mutaxassislik fanlari – 156 ball
- Majburiy fanlar – 33 ball
Jami maksimal ball: 189 ball.