195-maktabda hamkorlik doirasida tashrif
2026-yil 23-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari № 3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Muxtashamova Parvina Zaxitovna Chilonzor tumani 195-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 6-sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi o‘rganildi. Shuningdek, o‘quvchilarga English Club to‘garagi, uning maqsadi va faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Mazkur tashrif maktab va universitet hamkorligini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi.
