ISPAN TILI AMALIY FANLAR KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Baxronova Dilrabo Keldiyorovna

Qabul vaqti: dushanba, juma (14:00-16:00)

Tel raqami: 33 001-70-00

E-mail: dbaxronova@uzswlu.uz

Orcid: https://orcid.org/0000-0002-2012-7426

Google Scholar: https://scolar.google.com/citations?hl=ru&user=4gk9Kk4AAAJ

Researcher ID: https://researchid.co/dilrabo

Scopus ID: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57221665529

Kafedra 2021-yil avgust oyidan ish boshlagan. Kafedrada 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi, shundan 1 nafari filol.f.d. (DSc), professor; 2 nafar PhD, dotsent vb; 4 nafar katta oʻqituvchi; 10 nafar oʻqituvchi.

Kafedra tarixi: Kafedra 2021-yil 26- avgustda ish boshlagan.

Kafedraning asosiy maqsadi va asosiy vazifalari:

Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Mazkur kafedra O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kengashining 2021-yil 27-maydagi 10-son yig‘ilishi qarori va Universitet Vasiylik kengashining 2021-yil 7-iyuldagi yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan bayonnomasi asosida tashkil etilgan. Kafedra vazifalari xorijiy til (ispan tili) ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va kechki birinchi bosqich talabalari uchun “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Og‘zaki nutq amaliyoti”, “Amaliy fonetika va grammatika”, “Roman-german filologiyasiga kirish”, kunduzgi va kechki ikkinchi bosqich talabalari uchun “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Og‘zaki nutq amaliyoti”, “O‘lkashunoslik va turizm”, “Matbuot tili”, “Mamlakatshunoslik”, “Madaniyatlararo muloqot”, “Kommunikativ leksika”, “Badiiy o’qish”, “2-chet tili”, tanlov fanlar kabi fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlar amalga oshirishdan iborat.

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
  • Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish; 
  • Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga xulosalar tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muhokamasini talab darajasida o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar biliminin kredit-modul tizimi asosida nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan ta’limga oid jamg‘armalar tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish; 
  • Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosida tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
  • Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
  • Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish; 
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
  • Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va  boshka xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish; 
  • Kafedrada stajyor-tadqiqotchi izlanuvchi va tayanch ilmiy xodim-izlanuvchi bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish; 
  • Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish; 
  • Xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; 
  • Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha tugaraklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • Universitet axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:

1-bosqichda: “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Og‘zaki nutq amaliyoti”, “Amaliy fonetika va grammatika”, “Roman-german filologiyasiga kirish” fanlari.

2-bosqichda: “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Og‘zaki nutq amaliyoti”, “O‘lkashunoslik va turizm”, “Matbuot tili”, “Mamlakatshunoslik”, “Madaniyatlararo muloqot”, “Kommunikativ leksika”, “Badiiy o’qish”, “2-chet tili”.

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari: ispan tili amaliy fanlar kafedrasi tashkil etilganiga qisqa muddat bo’lishiga qaramasdan kafedradagi barcha o’qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga jalb etilgan. 2024-yilda rejaga asosan 2 nafar kafedra o’qituvchisi PhD himoya qildi, 1 nafari ilmiy seminardan o‘tdi. Kelgusi yillarda ham ilmiy salohiyatni ko’tarish rejalari ishlab chiqilgan. Bundan tashqari o’qituvchilar o‘z ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida turli xil ilmiy seminar-treninglarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra yutuqlari:

  • 2020-yildan har o‘quv yilida O‘zDJTU va Meksika davlat avtonom universiteti (UAEMex) o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida 2019-yil 8-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risiga”gi PF5847-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 30 soatlik online tekin darslar o‘tilishi yo‘lga qo‘yilgan.
  • 2021-2022-o‘quv yilida 2 nafar o‘qituvchi, N.Maxmudova va S. Axadovalar Ispaniyaning Kordoba universitetida lektor sifatida dars olib bordilar.
  • 2021-2022-o‘quv yilining 28-may kuni universitet faollar zalida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi va Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi hamda O’zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasining Chet tillari kafedrasi bilan hamkorlikda “Roman-german filologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida iqtidorli talabalar Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib otdi.
  • 2022-yilda kafedra dotsenti D.K.Baxronova 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisoslik shifrida “O‘zbеk va ispan tillarida olam manzarasining lingvokognitiv katеgoriyalanishi” mavzusida himoya qildi va filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi.
  • 2022-2023-o‘quv yilida Meksikaning Meksika davlat avtonom universitetidan malakali professor Virna Velázquez Vilchis taklif qilindi va 3 oy davomida o‘qituvchilar uchun malaka darslarini o‘tib berdi.
  • 2023-yilda kafedra professori Dilrabo Baxronova Meksikaning Meksika milliy avtonom universitetida (UNAM) asosiy ma’ruzachi sifatida xalqaro Simpoziumda va  Meksika davlat avtonom universitetida (UAEMex)da ma’ruza va dars mashg‘ulotlari bilan ishtirok etdi. https://cpa.cepe.unam.mx/simposio/index.php#ponentes
  • 2023-yil 23-oktabr kuni kafedra Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Ko‘p tillilik va madaniyatlararo muloqot: tajriba va muammolar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni tashkillashtirdi.
  • 2023- va 2025-o‘quv yillarida Ispan tili amaliy fanlar kafedrasining uch nafar talabasi Kastilla la Mancha univeristetida Erasmus+ dasturi asosida ta’lim olib qaytdi.
  • O‘zDJTUda SCOPUSda maqola chiqarish, indekslash orqali universitet  reytingini ko’tarayotganlar ichida kafedra professori D.Baxronova faxrli 1-o’rinni oldi va taqdirlandi.

Kafedraning xalqaro hamkor universitetlari:

Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi quyidagi xalqaro e’tirof etilgan reytingi yuqori xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi:

1. Malaga universiteti,

2. Granada universiteti,

3. Complutense de Madrid universiteti,

4. UAEMex universiteti,

5. Pontificia Bolivariana universiteti,

6. Castilla la Mancha universiteti.

7. University of Sao Paulu

8. University of Campinas

Kafedraning hamkor maktabi:

“Tomiris school” zamonaviy maktabi

Kafedra shiori: EZGU FIKR, EZGU SO‘Z, EZGU AMAL!

¡BUENOS PENSAMIENTOS, BUENAS PALABRAS, BUENOS HECHOS!

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube