Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi
“Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, ta’lim tizimiga oid Prezident Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitet Kengashi me’yoriy hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratib, ta’limning sifat darajasiga alohida e’tibor bergan holda olib bormoqda.
Kаfеdrа tаrixi: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 1992 yil 12 mаydаgi 401-sоnli Fаrmоni bilаn 1992 yil 15 iyunidа O‘zbеkistоn Dаvlаt jаhоn tillаri univеrsitеti va ingliz filоlоgiyasi yuqоri kurslаr fаkultеtidа “O`qitishning tехnik vоsitаlаri” kаfеdrаsi tаshkil etildi. 2002 yil ushbu kаfеdrа “Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri” dеb nоmlаndi. 2011 yildа kаfеdrа “Infоrmаtikа vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаri” dеb qаytа nоmlаndi. 2017 yil 27 iyuldagi PF-5115-sonli farmoniga asosan O‘zDJTU tashkiliy tuzilmasi o‘zgartirildi. Shunga asosan kafedra nomi “Zamonaviy axborot texnologiyalari” deb nomlandi. Kаfеdrаda bаkаlаvr bоsqichidа tahsil olayotgan tаlаbаlаrgа “Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri”, “Raqamli axborot texnologiyalari”,“Axborot texnologiyalarini sohada qoʻllash”, “Dasturlash asoslari’, “Dasturlash texnologiyalari”, “Amaliy matematika “, “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar “, “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari “, “NLP algoritmlari “, “Mantiq asoslari”, “Algoritmlar nazariyasi”, “Mediada axborot texnologiyalari va kompyuter grafikasi”, “Statistika” fanlaridan dars o‘tiladi.
Ta’lim faoliyati:
“Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedrasi zamonaviy axborot texnologiyalaridan sifatli va malakali foydalanish imkoniyatlarini o‘rgatishga qaratilgan ta’lim faoliyatini amalga oshiradi.
Kafedra talabalarga quyidagi yo‘nalishlarda bilim beradi:
- Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri: Talabalar kompyuter savodxonligi oshiriladi, online platformalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Darslar interfaol usullar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkaziladi.
- Raqamli axborot texnologiyalari: Talabalarga raqamli axborot texnologiyalarining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
- Axborot texnologiyalarini sohada qoʻllash: Talabalarni o‘z kasbiy faoliyatlarida dasturiy vositalar va interaktiv sayt, kurslardan foydalana olish imkoniyatlari o‘rgatiladi.
- Dasturlash asoslari: Talabalar zamonaviy dasturlash tillari Python, C++, Java Scripda dastur tuzishga o‘rgatiladi.
- Mantiq asoslari: Tafakkurni rivojlantirish vositasi bo‘lgan mantiq tushunchalari haqida ma’lumot beriladi.
- Algoritmlar nazariyasi: Algoritmlar, turlari, berilish usullari, ularga oid masalalar yechish vazifalari bajariladi.
- Mediada axborot texnologiyalari va kompyuter grafikasi: talabalarni media sohasida qo‘llaniladigan, bo‘lajak kasbiy faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter grafikasiga oid yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun tegishli texnologiyalar bilan tanishtirish, media sohasidagi professional muammolarni hal qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha yaxlit tasavvurlarini shakllantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari dasturiy ta’minotini o‘rganishda o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini tarbiyalashning amaliy ko‘nikmalarini egallashdan iborat.
- Amaliy matematika: talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga matematik nuqtai nazardan qarab, ularni idrok etish, matematik modellarini o‘rganish va qurishni o‘rgatadi. Matematikaning iqtisoddagi rolini o‘rganish, masala turiga qarab unga mos bo‘lgan matematik usullarni qo‘llay olish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, iqtisodiy masalalarni matematik modelini yaratishga o‘rgatish, talabalarni matematikaning zaruriy ma’lumotlari bilan tanishtirish hamda talabalarda matematik modellar yordamida iqtisodiy masalalarni tahlil qilishga va masalalarning optimal yechimlarni topishga va qarorlar qabul qilishga o‘rgatish hamda olingan bilimlarni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish.
- Statistika: turli hodisa va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bilan tanishtirish, ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganishda ulardan foydalanish imkoniyatlarini koʻrsatish, ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning hajmini, tarkibini, dinamikasini va unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni oʻrganish, tаlаbаlаrning statistik masalalar yechish koʻnikmalarini shakllantirish va bilimlarini oshirish.
- Dasturlash texnologiyalari: talabalarga kompyuter dasturlash tili yordamida matnlarni, og‘zaki nutq signallarini qayta ishlash, o‘rgatish tilning o ‘zaki va yozma shakllarini integrallashgan holda o‘rgatish kabi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatida erkin qoʻllay olishlarini ta’minlashdir.
- Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar: talabalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan milliy iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida foydalanish bo‘yicha fundamental bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari, MS Office dasturlari, Internet xizmatlari, bulutli texnologiyalar, elektron hukumat va boshqa zamonaviy dasturlar, platformalar bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.
- Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari: talabalarda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining tushunchalari, axborotni saqlash, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash usullari, ma’lumotlar bazasi modellarini yaratish va loyihalash metodologiyasiga oid nazariy bilimlarni, shuningdek, ma’lumotlar bazasini modellashtirish, yaratish va boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatida erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir.
13. NLP algoritmlari: talabalarga tabiiy tilni qayta ishlash usullari va algoritmlarini o‘rgatishdir. Python va boshqa dasturlash tillarida NLP algoritmlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish. Talabalarni NLP sohasida amaliy loyihalarni ishlab chiqish va taqdim etish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash. Transformer modellar (BERT, GPT va boshqalar), so‘nggi algoritmlar va yondashuvlar bilan tanishtirish.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi, talabalarni yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.
Ma’naviy faoliyat: Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan ko‘plab ma’naviy tadbirlar, ilmiy seminarlari va hamkorlik doirasida master-klasslar o‘tkaziladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan o`tkaziladigan tadbirlar Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Kompyuter savodxonligi oshirish maqsadida seminarlar va ochiq darslar tashkil etiladi.
Kafedra a’zolari universitet va fakultet miqyosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga faol ishtirok etadilar.
Kafedraning hamkor tashkilotlari:
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- O‘zbekiston Milliy universiteti;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey.
Kafedra yutuqlari:
2021-yil 19 aprel “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar (Компьютерная лингвистика: проблемы и решения, Computational linguistics and solutions)” mavzusidagi xalqaro an’anaviy onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
2022-yil 16-may “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar (Компьютерная лингвистика: проблемы и решения, Computational linguistics and solutions)” mavzusidagi xalqaro an’anaviy onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
2025 yil 20 mayda “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar (Компьютерная лингвистика: проблемы и решения, Computational linguistics and solutions)” mavzusidagi xalqaro an’anaviy onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Hozirgi kunda kafedrada faoliyat yuritayotgan 13 nafar professor-o‘qituvchidan 4 nafari – R. Mallayev, B.Axrarov, O.Mamarajabov, A.Ahmedov dotsent; 3 nafari – G.Ablizova, N.Umarova, H.Eshpulatova katta o‘qituvchi; 4 nafari – G. Aripova, Z. Sharipova, K. Muhamadiyeva, O. Xolmuminov o‘qituvchi, 2 nafari – N. Karimov, Sh. Qodirberganova stajyor- o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Kafedra a’zolaridan X.Eshpulatova, O.Xolmuminov, Z. Sharipovalar doktorlik (PhD) dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya ishini ilmiy-tadqiqot ishi bilan uzviy bog‘lagan holda olib bormoqda. Ular tomonidan so‘nggi yillarda o‘quv qo‘llanmalari va risolalar, xorijiy ilmiy nashrlarda, jumladan, OAK tomonidan e’tirof etilgan xorijiy va mahalliy jurnallarda maqolalar chop etish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro konferensiyalarda, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida va universitet ilmiy anjumanlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra a’zolari tomonidan 2024-2025 o‘quv yilida OAK tomonidan e’tirof etilgan xorijiy va mahalliy jurnallarda 28 ta maqola, Xalqaro jurnallarda 8 ta maqola, xalqaro anjumanlarda 39 ta maqola, Respublika ilmiy anjumanida 11 ta maqola chop ettirilgan.
Oʻzbekiston respublikasi ADLIYA VAZIRLIGI O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 3 ta guvohnomasi olingan.
- Oʻzbek nutq signallarini sintez qilishda yangi alifbo asosida web-ilova ishlab chiqish. Axrarov B.S., Aripova G.I., Eshpoʻlatova H.M., Sharipova Z.Sh. № DGU 49779. 12.04.2025
- Dars jarayonini avtomatlashtirish uchun mobil ilovalar ishlab chiqish. Ablizova G.A., Sabirjanov R.A., Mallayev R.Q., Umarova N.R. № DGU 49868. 12.04.2025
- Kompyuter grafika va web dizayn o‘rgatuvchi mobil ilova. Mannanova Shaxida Gaybullayevna, Sharipova Zulfiya Shokirjonovna. № DGU 51370. 24.05.2025
Kafedra ilmiy yo‘nalish nomi:
“Matematik tahlillash va axborot kommunikatsiya texnologiyalari negizida ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirish”.
Rejalar
2026 yil aprel oyida “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar (Компьютерная лингвистика: проблемы и решения, Computational linguistics and solutions)” mavzusidagi xalqaro an’anaviy onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.