22-avgust kuni O‘zDJTU Kuzatuv kengashi a'zolari, oliygoh rahbariyati vakillari bilan birgalikda universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ular ARM, universitetning madaniyat markazida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga qulayliklar yaratish, yangi 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, O‘zDJTU tarixi, bugunga qadar faoliyati haqida ma’lumotlar va esdalik buyumlar jamlangan, yaqin kunlarda ochilishli kutilayotgan O‘zDJTU muzeyi, talabalar uchun yaratilayotgan kulolchilik markazi, universitetda faoliyat olib borayotgan “Fledu uz” saytining ish jarayonlari bilan tanishdi.