30-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Lehigh universitetidan jalb qilingan ingliz tili mutaxassisi Stephen Deduck bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich mehmon-ekspertga universitet faoliyati va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqida ma'lumot berdi.
Shuningdek, mutaxassisga OʻzDJTU Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida va Ingliz tili fakultetida ingliz tilini o'qitishni takomillashtirish ishlarida faol ishtirok etish, turli to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish va mahalliy professor-o'qituvchilar uchun mahorat darslari tashkil qilishda yordam berishni taklif qildi.
Stephen Deduckga Lehigh universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lishi aytib o'tildi. AQShlik mutaxassis O'zDJTU jamoasi bilan birgalikda ishlashga tayyorligini ma'lum qildi.