6-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 11-son majlisi oʻtkazildi.

Ilmiy kengashda Dushayeva Umida Yusufovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayyorlagan “Ispan tilida komparativ frazeologizmlarning struktur-semantik va funksional xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Oflayn va ZOOM onlayn dasturi orqali boʻlib oʻtgan dissertatsiya himoyasida OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov va Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa masʼullari ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

2024-08-06 04-30

Our partners
Site map