MARKAZIY OSIYO XALQARO TAʼLIM FORUMI: TAʼLIM, ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR SOHASIDA HAMKORLIK
28-oktabr kuni Toşkent şahrida Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi bölib ötdi. Unda Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirğiziston, Pokiston va Turkiya vakillari, vazirlar va vazir örinbosarlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda xalqaro ekspertlar iştirok etdi. Forum davomida taʼlim tizimidagi dolzarb muammolar, ularning yeçimlari va ilğor tajribalarni özaro almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida fan va innovatsiyalar, qöşma ilmiy tadqiqotlar, oliy taʼlimda raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt, taʼlim sifati, akkreditatsiya hamda xalqaro reytinglarga bağişlangan uçta parallel sessiya ötkazildi. Muhokamalarda ilmiy salohiyatni birlaştiriş, qöşma tadqiqotlarni rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etiş, taʼlim sifatini oşiriş va universitetlarning xalqaro raqobatbardoşligini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham forumda faol iştirok etib, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş va taʼlim sohasidagi ilğor tajribalarni muhokama qiliş jarayonlarida qatnaşdi. Universitet vakillari xalqaro hamkorlar bilan muloqotlar davomida akademik aloqalarni kengaytiriş, pedagogik tajriba almaşiş va talabalar mobilligini rivojlantirişga oid masalalarni ham muhokama qildi.
2026-10-28 10-53