O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024 yil 29 avgustda Kulolman spin-off ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5033-sonli qarorlarida mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, har bir oila, jamoa, idora va tashkilotlarda uni keng targ‘ib etish, xalq ustalarining mehnatini munosib rag‘batlantirish, aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jalb etish orqali sifatli kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib olingan.

Universitetda tashabbuskor talaba-yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantirish, iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab quvvatlash, startap loyihalarni amalga oshirishga shart - sharoitlar yaratish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limlari hamkorlikda  “Loyihalar tanlovi” tashkil etilgan edi.

Ma’lumot uchun: Loyihalar tanlovida g‘olib bo‘lgan “Kulolman” loyihasi rahbari Said  Ismoilov 5 avlod kuloli hisoblanadi.
Said  Ismoilov bugungi kunda hunarmandlar uyushmasi a’zosi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube