16-avgust kuni O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov poytaxtimizning Uchtepa tumaniga tashrif buyurdi va tumandagi "Davlatobod" mahallasida bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan ko‘makka muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.

Mahalla guzarida yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashib, ko‘makka muhtoj yoshlarning ehtiyojini so‘radi. Ularning qiziqishlari, maqsadlari haqida suhbatlashdi.

Mahalla guzarida universitet rektori o‘ziga biriktirilgan yoshlar uchun zarur  mahsulotlarni ulashdi. Har oyda ularning holidan xabar olib, zarurat tug‘ilgan barcha mahsulot va yordamlarni yetkazib berishini ta’kidladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube