OʻzDJTUda talabalar oʻrtasida milliy oʻyinlar va sport mashgʻulotlarini rivojlantirish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining universitet bosqichi start oldi.
Tadbir doirasida sportning futbol, mini-futbol, shaxmat-shashka, voleybol, stol tennisi, yengil atletika yoʻnalishlari boʻyicha musobaqalar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Bugun fakultetlar oʻrtasida talabalar tomonidan tuzilgan futbol va voleybol jamoalari oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazmoqda.
Bellashuvlar 18-sentabrga qadar davom etadi.