OʻzDJTUda 2024- 2025- oʻquv yillari uchun tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. 

Bu jarayonlarda talabalarning turar-joy masallarini hal etishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2024/2025-oʻquv yiliga talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor taʼminlash maqsadida universitet hududida maxsus shtablar tashkil etilgan.

OʻzDJTU talabalari turar joylarini koʻzdan kechirish va ularga yaratilayotgan sharoitlarni oʻrganish maqsadida 8-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimov universitetga tashrif buyurdi.

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari, mutasaddi xodimlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimovga talabalar turar joyidagi sharoitlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berib oʻtdi. Birgalikda turar joy majmualarini koʻzdan kechirdi.

2024-08-13 09-35

Our partners
Site map