2024-yil 13-avgust kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Toshkentdagi AQSh elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xodimi Natasha Pijjet, Ingliz tili mutaxassislari boʻlimi masʼul xodimi Feruz Akobirov hamda ingliz tili oʻqituvchisi Aylen Jiamankoni qabul qildi.
Uchrashuvda universitetni rivojlantirish strategiyasi haqida soʻz yuritilib, ingliz tilini oʻrganayotgan talabalar sonini inobatga olgan holda muayyan vazifalarni bajarishda AQSh tomonining koʻmagi va hissasi muhimligi aytib oʻtildi.
Muloqot chogʻida tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalari, turli loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, shuningdek AQShlik mutaxassis Aylen Jiamankoning faoliyatiga doir masalalarni muhokama qildilar.
Tomonlar oʻzaro samarali hamkorlik olib borilayotganidan mamnun ekanligini eʼtirof etib, ingliz tilini oʻqitishni yanada takomillashtirish, chet tillari oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tarjima sohasiga AQShlik malakali mutaxassislarni jalb qilish lozimligi taʼkidlab oʻtdilar.