“Komparativistika” ilmiy-elektron jurnali
“KOMPARATIVISTIKA” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnali — filologiya sohasi mutaxassislari uchun moʻljallangan jurnal boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024- yil 18- aprelda 258331-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
“KOMPARATIVISTIKA” (Comparative Studies) ilmiy jurnali Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023–2025-yil bajarilishi moʻljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida taʼsis etilgan.
Jurnal 2024-yildan buyon nashr etiladi.
Jurnalning maqsadi
Filologiya sohasi boʻyicha dolzarb va ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy-amaliy izlanishlar natijalarini chop etish va oʻquvchiga yetkazish hisoblanadi.
“Komparativistika” (Comparative Studies) ilmiy jurnali OAK rayosatining 12.02.2025 dagi 365/7-son qarori bilan OAKning filologiya fanlari boʻyicha dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy nashrlar roʻyxatiga qabul qilingan.
Jurnal va undagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Nashrda asosan, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha va filologiya fanlari boʻyicha qiyosiy tadqiqotlarni chop etiladi.
Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnal nashr etilgan sonlari va undagi maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul.
Taqrizlash siyosati
Taqdim etilgan barcha qoʻlyozmalar muallifi koʻrsatilmagan holda tegishli soha boʻyicha mutaxassisga taqrizlash uchun yuboriladi. Taqrizchi tomonidan nashrga tavsiya etilgan va ijobiy taqrizlangan maqolalargina chop etiladi.
Antiplagiat tekshiruvi
Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshirib chiqiladi va oʻzlashtirish darajasi 15–20 foizdan oshmasligi (originallik 80 foizni tashkil etishi) lozim.
Nashrning davriyligi
Jurnal qoida tariqasida har uch oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek, tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.
ISSN 3060-4559
Muassis – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hisoblanadi.