O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy aspektlar №3 kafedrasi professor-o‘qituvchilari Shokirova N. va Kuandikova A. tomonidan 195-IDUM 9-sinf o‘quvchilari uchun “Interactive Writing to Boost Creativity” mavzusida qiziqarli ochiq dars o‘tkazildi

 

 

Ochiq darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish, mustaqil va erkin fikr bildirishga o‘rgatish hamda interaktiv metodlar orqali dars samaradorligini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Dars jarayonida guruhli va juftlikda ishlash, ijodiy yozuv mashqlari, fikr almashish va muhokama usullaridan samarali foydalanildi. O‘quvchilar faol ishtirok etib, berilgan topshiriqlarni katta qiziqish bilan bajardilar.

Mashg‘ulotlar jonli, mazmunli va yuqori saviyada tashkil etildi. Yakunda faol qatnashgan o‘quvchilarga rag‘bat va minnatdorchilik bildirildi, bu esa ularning kelgusidagi izlanishlariga yanada kuch bag‘ishladi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube