24-oktyabr kuni OʻzDJTU rektori prof. I.M.Tuxtasinov Rossiyaning Sank Peterburg davlat universiteti Rus tili boʻyicha test markazi direktori D. Ptyushkin hamda markaz metodisti I. Ilʼicheva bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida tomonlar OʻzDJTU qoshida rus tili boʻyicha sertifikatsiyalangan test markazini ochish bilan birga mahalliy imtihon oluvchilarni tayyorlash, Oʻzbekistonda rus tilini xorijiy til sifatida oʻqitishni takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, hammualliflikda darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish, oʻqituvchi va talabalar almashinuvini amalga oshirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.
Yakunda tomonlar uchun manfaatli boʻlgan yoʻnalishlarda tez kunlarda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan hamkorlik shartnomalarini imzolash taklifi har ikki oliygoh vakillari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.