27-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti navbatdagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo’lib o’tdi.

 

Ilmiy seminar yig’ilishida tadqiqotchi Mirsagatova Dilorom Ubaydullayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayorlangan “Ingliz va o’zbek tillarida temir yo’l sohasiga oid terminlarning chog’ishtirma aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

 

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube