3-talabalar turar joyida Yangi yil tadbiri bo‘lib o‘tdi! 

16-dekabr sanasida 3-talabalar turar joyida yotoqxona faol qizlari, mudira va tarbiyachi-pedagog boshchiligida ko‘tarinki ruhdagi Yangi yil tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Ingliz filologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Zokirov Sherzod ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida:
-qiziqarli o‘yinlar,
-ko‘ngilochar raqslar,
-musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.

Tadbir talabalar uchun unutilmas taassurotlar qoldirib, yangi yilni quvonch va birdamlikda kutib olishga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube