4-TTJDA TIL BAYRAMI TADBIRI BÖLIB ÖTDI

4-TTJDA TIL BAYRAMI TADBIRI BÖLIB ÖTDI

Özbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-talabalar turar joyida 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Unda filologiya fanlari doktori (DSc), professor, zamonaviy filologiya sohasining yetuk mutaxassisi Dilrabo Keldiyorovna Baxronova faxriy mehmon sifatida iştirok etdi.

Tadbir davomida talaba-qizlar tomonidan ona tilimizning gözalligi, boyligi va betakror jozibasini tarannum etuvçi çiqişlar namoyiş qilindi. Milliy raqslar, mazmunli sahna körinişlari, özbek tilini madh etuvçi şeʼrlar hamda buyuk allomalarimizning til, maʼnaviyat va maʼrifat haqidagi hikmatli fikrlari iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.

Şuningdek, tadbirda özbek tilining xalqimiz hayotidagi örni va tarixiy ahamiyati, uning milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi ekani, ona tilimizni asrab-avaylaş, uning sofligini saqlaş va kelajak avlodga yetkaziş muhimligi alohida taʼkidlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube