9-fevral kuni Shayxontohur tumani 84-maktabda ingliz tili fanidan Muxamedova Nafisa va Maxsimova Umida tomonidan ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi
Mazkur mashg‘ulot o‘quvchilarning ingliz tilida og‘zaki nutqini rivojlantirish, grammatik bilimlarini mustahkamlash hamda kundalik muloqotda tez-tez qo‘llaniladigan iboralarni o‘rganishga yo‘naltirildi. Dars jarayonida “Do you know” va “Do you have” iboralarining qo‘llanilishi, grammatik tuzilishi hamda gap tarkibida ishlatilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot davomida savol-javoblar, dialoglar va amaliy mashqlar tashkil etilib, o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha faol ishtiroki ta’minlandi. Berilgan topshiriqlar o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan bajarilib, ingliz tilida mustaqil fikr bildirish va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.