“Adolat” SDP Siyosiy Kengashi XVII Plenumi tashkil etildi

2025-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi XVII Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenum ishida partiya Siyosiy Kengashi a’zolari, xalq deputatlari, shuningdek, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham qatnashdi. 

Kun tartibiga ikki masala kiritildi:

 Birinchi masalada O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2025-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi. Ma’ruzani partiya Siyosiy Kengashi raisi R. Mahmudova taqdim etdi. Mazkur hisobotda partiyaning dasturiy maqsadlari, amalga oshirilgan tashkiliy-siyosiy ishlar, joylarda olib borilgan faoliyat hamda istiqboldagi vazifalar atroflicha yoritildi.

 Ikkinchi masalada esa partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2025-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan hisobot eshitildi. Ushbu hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari 
R. Mahmudova
 taqdim etdi. Unda fraksiya tomonidan qonun ijodkorligi jarayonida ko‘tarilgan tashabbuslar, qabul qilingan qonunlar loyihalarini ko‘rib chiqishdagi ishtirok, saylovchilar bilan olib borilgan uchrashuvlar va boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi faoliyat haqida ma’lumot berildi.

Muhokamalar davomida ma’ruzalar yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube