25-iyun kuni OʻzDJTUning Xalqaro jurnalistika fakulteti tashabbusi bilan fakultetning ilk tamal toshini qoʻygan ustoz jurnalist xotirasiga bagʻishlab badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy qizmi ustoz jurnalist Boyboʻta Doʻstqorayev haqida uning zamondoshlari, shogirdlari tomonidan yozilgan kitob taqdimotiga bagʻishlandi.

Tadbirda ishtirok etganlar Boyboʻta Doʻstqorayevning ilmiy maqolalari, faoliyati davomida erishgan yutuqlari, jurnalistika rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻzlab oʻtdi.

Shuningdek, tadbir davomida Boyboʻta Doʻstqorayev hayotiga bagʻishlab suratga olingan qisqa metrajli film namoyish etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube